17:45 / 16.03.2022
12341
Soliq yuki bugungi kunda 28 foiz bo‘lsa, shuni 25 foizga tushirishimiz kerak – prezident 

16 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev soliq tizimidagi islohotlar, yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurdi.  

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Men nima uchun qo‘mitaning o‘zida kelib yig‘ilish qilyapman? Chunki administratsiyada o‘tkazsak, rais va ikki o‘rinbosari borardi. Lekin boshqa yetakchi xodimlar maqsadimizni tushunmay qolishi mumkin edi. Maqsadimiz nima – soliq tizimini shaffof qilish, raqamlashtirish, tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish”, dedi prezident. 

Qayd etilishicha, 2017 yilda 31 trln so‘m soliq tushumi bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil 128 trln so‘m tushum bilan yakunlangan. 

“Shu bilan birga, 5 yil oldin 13 ta soliq turi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 9 ta soliq turi undirilyapti. Soliq yuki bugungi kunda 28 foiz bo‘lsa, shuni 25 foizga tushirishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top