07:42 / 16.03.2022
3096
«Uzbekistan Airways» Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi reyslar sonini oshirdi

«Uzbekistan Airways» Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uch martagacha oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, 2022 yil 2 apreldan Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, muntazam aviaqatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Bundan oldin, O‘zbekistonda mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit habiga aylantirish choralari belgilangandi.

Top