02:33 / 17.03.2022
15244
AQSh Ukrainaga yana 1 milliard dollarlik qurol yuborishini e’lon qildi
Foto: AFP

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yuboriladigan yana 1 milliard dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi. Oq uy rasmiy sayti yordam qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

AQSh Ukrainaga 800 ta raketa hujumiga qarshi «Stringer», 2000 ta tank hujumiga qarshi «Javelin», 1000 ta tank hujumiga qarshi granatomyot, 6000 ta tank hujumiga qarshi bir martalik AT-4 granatomyoti, 100 ta uchuvchisiz dron, 7000 ta turli xil o‘qotar qurol, 20 million dona o‘qdori, 25 mingta zirxli nimcha va 25 mingta shlem yuboradi.

AQSh yuborayotgan ushbu partiya yordam miqdori 1 milliard dollarni tashkil etadi. Oldinroq AQSh Ukrainaga 13,6 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishini e’lon qilgandi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top