15:45 / 17.03.2022
11104
Litva parlamenti BMTni Ukraina osmonini yopishga chaqirdi

Avvalroq Ukraina G‘arbni mamlakatni parvoz qilish taqiqlangan hudud deb e’lon qilishga chaqirgan, NATO buni rad etgandi.

Foto: Reuters

Litva parlamenti (Seym) BMTni Ukrainani parvoz qilish taqiqlangan hudud deb e’lon qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Rezolyutsiyada aytilishicha, Litva Seymi «demokratik mamlakatlar parlamentlarini Ukrainadagi fuqarolar Rossiya Federatsiyasi nazorati ostidagi harbiy harakatlar hududini xavfsiz tarzda tark etishi hamda gumanitar yordam yetkazuvchi konvoylar xavfsizligi ta’minlanishi uchun ushbu hudud havo sarhadlarini parvoz qilish taqiqlangan hudud deb e’lon qilish ustida ish olib borishga chaqiradi».

«Hech kim hujum qilish yoki urush e’lon qilishni taklif etmayapti. Taklif tinch aholi xavfsizligi va hayotini ta’minlashga qaratilgan», - dedi Seym vitse-spikeri Paulyus Saudargas.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina G‘arbni mamlakatni parvoz qilish taqiqlangan hudud deb e’lon qilishga chaqirmoqda. G‘arb bu Rossiya va NATO o‘rtasida urush boshlanishiga olib kelishini aytmoqda.

Mavzuga oid
Top