07:46 / 17.03.2022
6551

Mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais etib saylandi

Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashida O‘zbekiston biatlon federatsiyasining navbatdan tashqari II konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: UzA

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda federatsiya raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilishicha, mudofaa vazirining o‘rinbosari Qodir Tursunov federatsiya raisi, “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Abdusamatov rais o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Konferensiya davomida shuningdek, federatsiyaning istiqboldagi rejalari belgilab olindi.

Joriy yilning yanvar oyida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston biatlon federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

Mavzuga oid
Top