09:44 / 17.03.2022
7591
«O‘zsanoateksport» raisi Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi 
Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosarlari tarkibida o‘zgarish bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Viloyat hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Oybek Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Tegishli qarorga muvofiq viloyat hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Oybek Mirzabekov tayinlandi. 

Oybek Mirzabekov 1980 yilda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. U ushbu tayinlovga qadar “O‘zsanoateksport” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovning hozirgi vaqtda 9 nafar o‘rinbosari bor. 

Ular:

  • Jamshid O‘roqov – viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i;
  • Akmal Shukurov – viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Oybek Xo‘jayev (bundan buyon Oybek Mirzabekov) – viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;
  • Feruz Obilov – viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Rustam Qobilov – viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i;
  • Xurshid Ochilov – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Dilshod Mamatqulov – viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Zebiniso Rahmonova – viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i;
  • Jamshid Haydarov – viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari.
Mavzuga oid
Top