07:33 / 17.03.2022
3335
Toshkentda dam olish kunlari jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi
Foto: Kun.uz

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati buyrug‘i bilan 2022 yil 21, 22, 23 mart kunlari jamoat transportini tashkil etish tartibi belgilandi

Bunga ko‘ra:

2022 yil 21 mart dushanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun  tasdiqlangan jadval asosida. Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;

2022 yil 22 mart seshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

2022 yil 23 mart chorshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.

Top