20:00 / 17.03.2022
16046
UzAuto Motors‘da “Ochiq eshiklar kuni”
Foto: UzAuto Motors

2022 yil 16 mart kuni UzAuto Motors kompaniyasining Asaka shahridagi ishlab chiqarish zavodida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar “Biznesning ochiqlik tamoyili nima?” kabi savolga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, avtomobilsozlik sohasining bo‘lajak yosh kadrlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish, yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishdagi turli xil mutaxassisliklarni tanlash imkoniyatiga ega ekanligiga qiziqtirishdan iborat.

Tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Asaka zavodiga 100 dan ortiq mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbir tashkilotchilari mehmonlar orasida keyinchalik ishlab chiqarishga mehmon sifatida emas, balki to‘laqonli xodim sifatida kelishi mumkin bo‘lganlar qatnashishiga harakat qilishdi.

Aynan mana shuning uchun ham, Farg‘ona politexnika institutining ishlab chiqarishda boshqaruv va “Mexanika-mashinasozlik” fakultetlari talabalari, Andijon shahridagi 11 maktab, Shahrixon viloyatidagi 15-maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga alohida e’tibor qaratildi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, ko‘plab professor-o‘qituvchilar zavodga rejalashtirilgan tashrif haqida eshitib, ishlab chiqarish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish istagida talaba va maktab o‘quvchilaridan iborat guruhlarga qo‘shilish taklifini bildirishdi. Natijada tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada oshishi tashkilotchilarni qo‘shimcha guruh uchun turlar jadvalini o‘zgartirishga undadi.

Shubhasiz, kompaniyaning ustuvor yo‘nalishi – har bir xodim va mehmonlarning xavfsizligidir, shu sababli zavodga ekskursiyasi xavfsizlik bo‘yicha brifing bilan boshlandi. Har qanday ishlab chiqarish qiziqarli jarayondir, avtomobillarni ishlab chiqarish jarayoni esa yanada qiziqarli. Tashrif buyuruvchilar presslash sexida bo‘lib, po‘lat rulonlardan turli shtamplash avtomobil kuzov qismlari qanday ishlab chiqarilish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Ekskursiya davomida mehmonlar soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, taklif etilgan blogerlar yoshlarning avtomobilsozlik sohasiga bo‘lgan qiziqishiga guvoh bo‘lishdi.

Tadbirning yosh ishtirokchilaridan biri blogerlar bilan suhbat davomida, “Ishlab chiqarish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganingizdan keyin tayyor mahsulotga boshqacha ko‘z bilan qaraysiz, chunki uni ishlab chiqarish uchun qancha mehnat sarflanganini bilasiz” – dedi u.

Reklama huquqi asosida

Top