15:00 / 18.03.2022
113039
«Asalxoney» nomi bilan tanilgan insta-bloger o‘z uyidan o‘lik holda topildi
Foto: qalampir.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Asalxoney» nomi bilan tanilgan fuqaro Asal Xo‘jayeva bugun, 18 mart kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Xabarni tasdiqlagan Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan prokuratura ish olib borayotganini ma’lum qildi.

Bosh prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 18 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi uyda ushbu fuqaroning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

«Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi prokuratura bayonotida.

Bosh prokuratura ish natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinishini ma’lum qildi.

Joriy yil yanvar oyi boshida ham insta-bloger o‘ldirib ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabarlar poytaxt IIBB tomonidan tasdiqlanmagan.

Top