21:43 / 18.03.2022
10677

“Juda katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldim” - JSST vakili O‘zbekistondagi 5 yillik faoliyati haqida

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Lian Kuppens 18 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvida so‘z olib, besh yillik kuzatuvlarining xulosalari haqida gapirib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“O‘zbekistondagi faoliyatimni besh yil oldin boshlaganman. Siz saylanganingizdan keyin biroz fursatdan so‘ng bu yerdagi vakolatimni boshladim. Shuning uchun besh yillik kuzatuvlarim bilan o‘rtoqlasha olaman.

Juda katta o‘zgarishlar va islohotlar guvohi bo‘ldim. Ayniqsa, bu yerda davolashdan ko‘ra ko‘proq kasallikning oldini olishga urg‘u berilishiga, vertikal boshqaruvdan bevosita gorizontal keng qamrovli yondashuvga asos solinganiga guvoh bo‘ldim.

25 yil davomida turli mamlakatlarda vakolatim bo‘yicha ish olib bordim. Shu narsani ochiq-oydin aytishim mumkinki, cizdek shijoatli, yuksak maqsadlarni ko‘zlagan, serg‘ayrat prezidentni ko‘rmadim.

Covid pandemiyasi boshlanganidan keyin sizning bevosita yetakchiligingiz ostida qisqa fursatda pandemiyani nazorat ostiga olishga, salbiy ta’sirini minimal darajaga tushirishga muvaffaq bo‘lindi.

O‘zbekiston buni qanday boshqarganligi, nazoratga olganligi namuna qilsa arziydigan a’lo darajadagi yechimlardir”, dedi Lian Kuppens.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Xalqaro forumlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda prezident sohani rivojlantirish bo‘yicha qator yangiliklarni e’lon qildi.

Mavzuga oid
Top