18:25 / 18.03.2022
8256
Rossiya va belaruslik diplomatlarning Yevroparlament binolariga kirishi taqiqlandi

Yevroparlament prezidenti Roberta Metsolaning so‘zlariga ko‘ra, «demokratik tartibni buzishga uringanlarga demokratiya uyida joy yo‘q».

Foto: AP

Yevropa parlamenti rossiyalik va belaruslik diplomatlar hamda davlat xizmatchilarining Bryussel va Strasburgdagi qarorgohlariga kirishini taqiqladi. Bu haqda Yevroparlament prezidenti Roberta Metsola o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

«Bugundan boshlab Rossiya va Belarusning diplomatik va hukumat vakillariga Yevroparlament binolariga kirish taqiqlandi. Demokratik tartibni buzishga uringanlarga demokratiya uyida joy yo‘q»,— deb yozdi Metsola.

15 mart kuni Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘rtinchi paketini joriy etdi. «Rosneft», «Transneft» va «Gazpromneft» hamda KamAZ sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi.

Shuningdek, yangi sanksiyalarda Rossiyaga po‘lat, hashamatli buyumlar, premium-klass avtomobillari va zargarlik mahsulotlari yetkazish taqiqlangan.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top