07:50 / 18.03.2022
8299

Samarqandda noqonuniy oltin tozalovchi yana bir guruh ushlandi

Paxtachi tumani IIB hamda DXX xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslar tomonidan tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash holatlariga chek qo‘yildi.

Foto: IIV

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida Paxtachi tumanida yashovchi fuqarolar - 1994 yilda tug‘ilgan U.A. va 1994 yilda tug‘ilgan I.B.ning yashash xonadonlarida tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan taxminan 3 tonna ruda toshlar hamda boshqa ashyoviy dalillar (tosh tegirmoni - 2 ta, drobilka dvigateli, elektron tarozi, quritish moslamasi, «UAZ» avtomashinasi - 2 ta) mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirildi.

Ohak sexi faoliyati hamda rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash natijasida jami 1 mlrd 260 mln so‘mdan ortiq tabiiy gaz mahsuloti talon-toroj qilingani aniqlangan.

Bundan oldin Paxtachi tumanida boshqa bir guruh shaxslarning tarkibida oltin bo‘lgan rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash holatiga chek qo‘yilgandi.

Top