10:29 / 18.03.2022
4921

Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 800 ming dollarga pullamoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Prezidentning maxsus farmoni bilan ajratilgan yerni 800 ming AQSh dollariga sotayotgan ikki shaxs ushlandi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi 1964 va 1970 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zlariga tegishli bo‘lmagan 4 gektar yerni unga 800 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Ular oldindan 100 ming dollar olgan vaqtlarida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur yer maydoni Prezident farmoniga muvofiq, 2021 yil mahalliy MChJga investitsiya kiritish sharti asosida ko‘p qavatli turar joylar, kottejlar hamda madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish uchun Bo‘stonliq tumani hududidan ajratib berilgan.

Top