16:29 / 18.03.2022
43853

YeChL chorakfinaliga qur’a tashlandi

Foto: Global Look Press

Bugun, 18 mart kuni UYeFAning Nondagi shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Chempionlar ligasi. 1/4 final. 

  • «Chelsi» – «Real Madrid»
  • «Manchester Siti» – «Atletiko»
  • «Vilyarreal» – «Bavariya»
  • «Benfika» – «Liverpul».

Chorakfinal bosqichi yakunlariga ko‘ra, yarimfinalda to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan juftliklar ham ma’lum bo‘ldi. 

YeChL. 1/2 final juftliklar

  • «Manchester Siti» / «Atletiko» – «Chelsi» / «Real Madrid»
  • «Benfika» / «Liverpul» – «Vilyarreal» / «Bavariya».

Ma’lumot uchun, YeChL chorakfinal bosqichi doirasidagi dastlabki o‘yinlar 5-6 aprel kunlari, javob bahslari esa 12-13 aprelda o‘tkaziladi. Yarimfinal 26-27 va 3-4 may kunlariga belgilangan.

YeChL 2021/22 yilgi mavsumi finali 28 may kuni Parijdagi «Stad de Frans» o‘yingohida o‘tkaziladi. Avvaliga bu o‘yin Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena» stadionida o‘tkazilishi belgilangandi, ammo Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan qo‘llangan sanksiyalar doirasida final mezboni o‘zgardi.

Mavzuga oid
Top