AQSh sanksiyalar doirasida Rossiyani GPS navigatsiya tizimidan uzib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Roskosmos» bosh direktori Dmitriy Rogozin ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
«Bilasizmi, Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar doirasida Rossiyani GPS tizimidan uzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda», — dedi u raketa-kosmik markaziga tashrifi chog‘ida.
U shuningdek, NASA bilan hamkorlik qilinmasligini aytdi. Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa kosmik agentligi «o‘zini telbalarcha tutayotgan» ishonchsiz hamkor va Rossiya u bilan hamkorlik qilmaydi.
«Roskosmos» rahbari Britaniyaning OneWeb kompaniyasi Rossiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganiga ham izoh berdi. Uning aytishicha, bu kompaniyaning tugashini anglatadi.
«Boshqa hech qanday OneWeb bo‘lmaydi», — dedi Rogozin.