15:44 / 19.03.2022
11965

Dubayda kelajak muzeyi ochildi

Yetti qavatli muzey binosi ichki tayanchlarsiz qurilgan.

Foto: AFP

Kelajak muzeyining har bir qavati alohida mavzuga bag‘ishlangan.

Bu yerda koinot, ekotizimlar, biomuhandislik va sog‘liqni saqlash sohalari kelajagi bilan tanishish mumkin. To‘ldirilgan voqelik, ma’lumotlar almashish, robototexnika va sun’iy ongga alohida e’tibor qaratilgan.

Muzeydagi ekspozitsiyalardan biri 2071 yilga, BAA tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlangan.

Maydoni 30 ming kv metr bo‘lgan mazkur inshootda ilmiy-ta’lim markazi joylashgan.

Muzeyda shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, «aqlli» shaharlar, energetika va transportga oid tadqiqot laboratoriyalari ham ochiladi.

Top