14:40 / 19.03.2022
9166
Turkiyaning Yevropa va Osiyo sohillarini bog‘lovchi ko‘prik ochildi

Ustunlarning balandligi 318 metr bo‘lib, ko‘prikning umumiy uzunligi 4,6 km.

Foto: Getty Images

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Dardanella bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi Chanoqqal’a 1915 ko‘prigini ochdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Turkiyaning Yevropa va Osiyo sohillarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi 2,5 mlrd yevroga tushdi. U Turkiya va Janubiy Koreya kompaniyalari tomonidan qurildi.

Ko‘prikning markaziy ikki ustuni orasidagi masofa 2023 metrni tashkil etadi. Ustunlarning balandligi 318 metr bo‘lib, ko‘prikning umumiy uzunligi 4,6 km.

Ko‘prikdan o‘tish narxi yengil avtomobillar uchun 200 lira (13,50 dollar). Ilgari Antaliyadan Gallipoliga boradigan transport vositalari Dardanelladan paromda o‘tishi kerak bo‘lardi. Navbat kutish bilan birga bunga 5 soatga yaqin vaqt ketgan bo‘lsa, endilikda bo‘g‘ozni kesib o‘tish uchun olti daqiqa sarflanadi.  

Top