19:12 / 20.03.2022
11891

Mariupol rasmiylari tinch aholi yashiringan maktabga zarba berilganini xabar qildi

Rossiya harbiylari 19 mart kuni Mariupoldagi  № 12 v Levoberejniy rayonida joylashgan 12-sonli san’at maktabiga aviazarba bergan. Bu haqda shahar kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujum vaqtida binoda 400 nafarga yaqin tinch aholi vakillari yashiringan bo‘lgan, ularning aksari ayollar, bolalar va keksa yoshdagi kishilardir. Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, bino vayron bo‘lgan, xarobalar ostida odamlar qolib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar soni bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Mariupol mart oyi boshidan buyon Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilinmoqda. Bungacha shaharda mahalliy tug‘uruqxona va tinch aholi vakillari boshpana qilgan dramatik teatr ham hujumga uchragandi.

  • BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi vakillaridan 902 kishi halok bo‘lib, 1459 kishi yaralanganini xabar qilgan. Shu bilan birga haqiqiy raqamlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligi istisno etilmagan.
  • Mariupol shahar kengashi esa shaharning o‘zida tinch aholi orasida qurbonlar soni 2,3 mingdan oshganini xabar qilgan.
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top