16:10 / 20.03.2022
14808

Samarqand shahrida Navro‘z sayli ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi

20 mart kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istrohat bog‘ida viloyat va shahar aholisi uchun Navro‘z tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Bir necha kun yog‘gan yomg‘irdan so‘ng bulutlar chekinib, osmonda quyosh charaqlab turishi ham xalq saylida juda ko‘p odam yig‘ilishiga sabab bo‘ldi.

Turli tashkilotlar, ayniqsa yoshlar bahor dasturxonini milliy taomlar bilan bezab, folklor-etnografik guruhlar bahorni va yoshlikni tarannum etuvchi milliy kuy-qo‘shiqlari va chiqishlari bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashishdi.

Kun.uz muxbiri bayram saylidan fotoreportajni e’tiboringizga havola qiladi.

Fotosuratlar muallifi: Faxriddin Hotamov.

Top