10:45 / 20.03.2022
5556
Shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Foto: Transport vazirligi

Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridan O‘zbekistonning turli hududlariga muntazam avtobus yo‘nalishlari orqali o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent avtovokzalidan amaldagi qatnovlarga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda o‘rtacha 10 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Xususan, 17 mart kuni amaldagi mavjud 22 ta qatnovdan tashqari, Toshkent—Samarqand, Toshkent—Xiva yo‘nalishlarida bittadan, Toshkent—Denov, Toshkent—Termiz yo‘nalishlarida ikkitadan jami 6 ta qo‘shimcha qatnovlar amalga oshirilgan.

18 mart kuni Toshkent—Zarmitan, Toshkent—Navoiy, Toshkent—Samarqand, Toshkent—Qorako‘l yo‘nalishlarida qo‘shimcha bittadan, Toshkent—Denov, Toshkent—Xiva yo‘nalishlarida qo‘shimcha ikkitadan, Toshkent—Termiz yo‘nalishida esa qo‘shimcha to‘rtta, jami 12 ta qo‘shimcha avtobus qatnovi amalga oshirilgan.

19 mart kuni Toshkent—Zarmitan, Toshkent—Jo‘sh, Toshkent—Samarqand, Toshkent—Qorako‘l, Toshkent—Denov, Toshkent—Urganch yo‘nalishlarida qo‘shimcha bittadan, Toshkent—Xiva, Toshkent—Termiz yo‘nalishlarida qo‘shimcha ikkitadan, Toshkent—Navoiy yo‘nalishida qo‘shimcha to‘rtta, jami 14 ta qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi.

Vazirlik yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha qatnovlarni tashkillashtirish davom etishini ma’lum qilgan.

«Shu o‘rinda yo‘lovchilardan turli firibgarlar hamda yo‘lkira narxini sun’iy ravishda oshirgan avtovokzal atrofidagi noqonuniy taksi haydovchilariga to‘g‘ri kelib qolmasligi uchun chiptalarni Toshkent avtovokzali kassasidan xarid qilishni so‘raymiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid
Top