08:33 / 21.03.2022
25479
2 oyda qariyb 40 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi

2022 yilning yanvar-fevral oylarida 39 922 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 

Foto: UzAuto Motors

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17 546 taga oshgan.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 yanvar holatiga har 1000 kishiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 oyda “Lacetti-Gentra” avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yil yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar:

  • “Lacetti-Gentra” - 12 340 dona;
  • “Cobalt” - 10 787 dona; 
  • “Damas” - 9 283 dona;  
  • “Nexia T-250” - 2 902 dona;
  • “Spark” - 890 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar - 3 720 dona.
Mavzuga oid
Top