22:50 / 21.03.2022
27778

AQSh elchisi Baydenning Putin haqidagi so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirtirildi

Avvalroq AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbini «harbiy jinoyatchi» deb atagandi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning Moskvadagi elchisi Jon Sallivanni chaqirtirdi va unga norozilik notasini topshirdi. 

Qayd etilishicha, bunga AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida aytgan so‘zlari sabab bo‘lgan.

Avvalroq AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbini «harbiy jinoyatchi» deb atagandi.

Oq uy rahbari Fox News telekanali jurnalisti savoliga shunday javob qaytargan.

Bayden dastlab uning savoliga «yo‘q» deb javob qilgan. So‘ngra ortiga qaytib «U harbiy jinoyatchi», degan.

Mavzuga oid
Top