21:37 / 21.03.2022
13480

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Toshkent viloyatida sezildi.

Toshkent viloyatida 2 ballik zilzila qayd etildi.

Toshkent vaqti bilan 21:20 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, zilzila O‘zbekiston hududida sezilgan: Bo‘stonliq tumanida 2 ball, 87 km.

Zilzila koordinatalari: 41,87 gradus shimoliy kenglik; 70,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 155 km shimoli-sharqda joylashgan.

Top