16:40 / 21.03.2022
11127
To‘qayev "yangi Qozog‘iston qurilishi"ni e’lon qildi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat rivojlanishning yangi bosqichiga kirganini qayd etdi.

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaotada Navro‘z bayrami tantanalarida chiqishi chog‘ida mamlakatda keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

"Bizni oldinda keng islohotlar kutmoqda, oldinda yangi Qozog‘iston qurilishi turibdi. Sizlar, yoshlar bilan birgalikda biz yangi mamlakat, yangi Qozog‘istonni albatta quramiz", - dedi u.

To‘qayev mamlakat rivojlanishning yangi bosqichiga kirganini qayd etdi.

Uning ta’kidlashicha, keng ko‘lamdagi islohotlar Qozog‘istonni tubdan modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Top