10:00 / 22.03.2022
3431
Beeline Uzbekistan – Toshkent xalqaro investitsiya forumining digital-hamkori
Foto: Beeline Uzbekistan

24-26 mart kunlari O‘zbekiston poytaxtida I Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) bo‘lib o‘tadi. Unda butun dunyodan 1500 ga yaqin yirik investorlar, yetakchi moliya institutlari va tashkilotlari vakillari qatnashishadi. Beeline Uzbekistan forumning digital-hamkori sifatida ishtirok etadi.

TXIFda telekommunikatsiya xoldingi vakillari ishtirok etishadi. Forumning birinchi kuni, 24 mart kuni VEON kompaniyalar guruhining bosh ijrochi direktori Kaan Terziog‘lu “Markaziy Osiyoda savdo oqimlarining transformatsiyasi va ularning kapitallashuvi” mavzusidagi davra suhbatida ma’ruzachi sifatida ishtirok etadi va o‘zining Markaziy Osiyo telekom bozorini o‘zgartirish sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Shuningdek, forumda mehmon sifatida VEON hammuassisi va VEON direktorlar kengashining faxriy raisi Ogi Fabela ishtirok etadi.

TXIF doirasida yalpi majlis, yig‘ilishlar, davra suhbatlari, taqdimotlar va brifinglar kabi 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkaziladi. Forum mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan istiqbolli loyihalar taqdimoti maydoniga aylanadi. Xorijiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari taqdim etiladi, xorijiy investorlar O‘zbekistonda ularga qanday sharoitlar yaratilgani bilan tanishadilar.

Beeline Uzbekistan raqamli hamkori Kongress markazini yuqori sifatli mobil aloqa va internet bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, kompaniya forum ishtirokchilari va mehmonlariga daqiqalar, SMS va internet-trafikni o‘z ichiga olgan maxsus tarifga ega SIM-kartalarni taqdim etadi.

 “Albatta, bunday darajadagi mehmonlarni qabul qilish O‘zbekiston uchun katta sharaf va mas’uliyatdir. Ishtirokchilarga ular uchun odatiy bo‘lgan yuqori sifatli muloqotni taqdim etish orqali biz ushbu mas’uliyatni zimmamizga olishga tayyormiz. Bizning digital-xizmatlarimiz ham tashkiliy, ham shaxsiy vazifalarni hal qilishga yordam beradi”, — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 9 mamlakatda 217 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top