22:30 / 22.03.2022
19077

Men oroli hokimiyati rossiyalik milliarderlarning 8 ta samolyoti qaydini bekor qildi

Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududida harbiy harakatlarni boshlagach, Men oroli hokimiyati rossiyalik milliarderlarga tegishliligi taxmin qilingan sakkiz samolyotning qayd etish hujjatlarini bekor qildi. Ularning orasida Alisher Usmonovga tegishli samolyot ham bor.

Alisher Usmonovga tegishli Airbus A340 «Burkhan» samolyoti Tokioning Haneda aeroportida. Foto: airliners.net

Men oroli aviatsiya reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, 3 martdan 10 martga qadar sanksiyasi ostidagi millarderlarning quyidagi samolyotlari qayddan olib tashlangan — Alisher Usmonov (Airbus A340, qayd raqami M-IABU), Aleksey Mordashov (Bombardier BD-700 Global Express), Arkadiy va Boris Rotenberglar (ikkita Bombardier BD-700 Global Express samolyoti) va Dmitriy Mazepin (Gulfstream G650).

Shuningdek, Alisher Usmonovga tegishli (H175) va Roman Abramovichga tegishli  (uchta EC-145 va bitta EC-155) vertolyotlariing ham qayd guvohnomasi bekor qilingan.

Orol hokimiyati shuningdek Oleg Tinkov (Falcon 8X), Dmitriy Ribolovlev (Airbus A319) va Sergey Galitskiy (Gulfstream G650) ga tegishli samolyotlarni ham ro‘yxatdan chiqargan. Holbuki, bu biznesmenlarga nisbatan G‘arb davlatlari sanksiya qo‘llashmagan.

Bugun Finlandiya bojxonachilari rus biznemenlariga tegishli 21 ta sayr yaxtasini ushlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Gibraltarda YeI sanksiyasiga tushgan milliarder Dmitriy Pumpyanskiyga tegishli deya taxmin qilinayotgan «Aksimoma» yaxtasi ushlangan edi.

Avvalroq Germaniya hokimiyati Alisher Usmonovning bahosi 600 mln AQSh dollari bo‘lgan «Dilbar» tomonidan to‘xtatilgan edi. Italiyada Aleksey Mordashovning 64 metrli «Lady M» superyaxtasi va Gennadiy Timchenkoning «Lena» yaxtasi ushlangan edi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top