07:26 / 22.03.2022
10371
Toshkentdagi elektr podstansiyasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan elektr podstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Uznews

Kecha, 21 mart kuni soat 16:44 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga poytaxtning Yashnobod tumanidagi Elbek ko‘chasida joylashgan elektr podstansiyasida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushdi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib bordi. Voqea joyida quvvati 16 ming kVA bo‘lgan transformator yonib ketgani ma’lum bo‘ldi. Yong‘in soat 17:09 da o‘chirildi», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida. 

Mavzuga oid
Top