19:35 / 24.03.2022
14256
Afg‘oniston vaqtinchalik hukumatiga bosh vazir tayinlandi

Abdul G‘ani Birodar Muhammad Hasan Oxund o‘rniga vaqtinchalik hukumat rahbari etib tayinlandi. 

Foto: Sefa Karacan/Anadolu Agency/Getty Images

"Tolibon" harakati Abdul G‘ani Birodarni Afg‘oniston vaqtinchalik hukumatining bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu qaror vaqtinchalik hukumat a’zolarining ikki kunlik uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Birodarni Muhammad Hasan Oxund o‘rniga vaqtinchalik hukumat rahbari etib tayinlashga qaror qilingan.

Bunga qadar Abdul G‘ani Birodar Oxundning o‘rinbosari bo‘lgan. 

Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy yangi bosh vazirga o‘rinbosar etib tayinlangan.

Top