16:40 / 24.03.2022
26551
Bryusselda NATOning navbatdan tashqari sammiti start oldi

AQSh va NATO bo‘yicha hamkorlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishi kutilmoqda.

Belgiya poytaxti Bryusselda NATO a’zolari bo‘lgan davlatlarning yetakchilari ishtirokida navbatdan tashqari sammit boshlandi. Uchrashuvda alyansning barcha 30 mamlakati rahbarlari, jumladan AQSh prezidenti Jo Bayden ishtirok etmoqda.

Kun tartibidagi asosiy masala - Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatlari muhokamasi bo‘ladi.

Sammit doirasida NATOning Sharqiy Yevropadagi uzoq muddatli pozitsiyasi belgilab olinadi.

Davlatlar va hukumatlar rahbarlari kun davomida Bryusselda o‘zaro ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishadi.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg sammitda Ukraina masalasida qaror qabul qilinishi, shuningdek alyansning tiyib turuvchi kuchlarini oshirish choralari kelishib olinishini aytgandi. Uning qayd etishicha, NATO sharqiy qanotda quruqlikda ham, havoda va dengizda ham o‘z kontingentini oshiradi.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va Slovakiyaga ko‘p sonli harbiylar joylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.

NATO, «Katta yettilik» va Yevroittifoq sammitlaridan nimalar kutilmoqda?

  • Bugun bo‘lib o‘tadigan uchta favqulodda sammit G‘arbning Rossiyaning Ukrainadagi urushga keyingi reaksiyasini belgilab berishi mumkin, AQSh rasmiylaridan biri bu urush «tobora uzayayotgani va qonli bo‘lib borayotgani»ni qayd etgan.
  • Barcha sammitlar Bryusselda bo‘lib o‘tadi: bu yerda NATO yetakchilari, G7 yetakchilari va Yevroittifoq yetakchilari o‘zaro uchrashadi.
  • Bu sammitlarning barchasida AQSh prezidenti Jo Bayden hozir bo‘ladi. U Rossiya bilan munosabatlardagi yangi sanksiyalar to‘g‘risida e’lon qilishi kutilmoqda. 
  • Bundan tashqari, NATO Rossiya prezidentining ehtimoliy harakatlari, jumladan alyans tomonidan Ukrainaga yetkaziladigan harbiy yordam kolonnalari rus harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishiga qanday javob qaytarish masalasini ham muhokama qiladi.
  • NATO Rossiya Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi ehtimolini istisno etmayapti va kun tartibiga bunday ehtimolga alyansning qaytaradigan javobi ham kiritilgan.
  • Yevropa Ittifoqi davlatlari energiya ta’minoti kelajagi, qanday qilib Rossiya gazisiz ham uddalashga tayyor ekanliklarini muhokama qilishlari kerak. 27 a’zo davlatning sanksiyalar borasidagi dastlabki birdamligidan keyin gaz masalasida kelgusidagi harakatlar bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO va Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan videoaloqa orqali bog‘lanadi.
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top