10:51 / 24.03.2022
35304
Kiyev ostonasida turgan ritsar va olov ichidagi o‘t o‘chiruvchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 28-kuni o‘tdi. Tunda va tongda Kiyev yana raketa zarbalariga uchradi: turar joylarga qilingan hujum oqibatida to‘rt kishi yaralangan. Mariupolda Arxip Kuindji nomidagi san’at muzeyi binosi yo‘q qilingan, u yerda Ivan Ayvazovskiyning polotnolari saqlangan. Belgorod oblastidagi ikki qishloqda snaryadlar portlashi oqibatida favqulodda holat rejimi joriy etildi, Rossiya hukumatining iddaosiga ko‘ra, ular Ukraina tomondan uchib kelgan. Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Viktor Lyashkoning ma’lumot berishicha, rossiyalik harbiylar 58ta tibbiy yordam mashinalarini o‘qqa tutishi oqibatida olti nafar tibbiy xodim halok bo‘lgan. Bugun yana bir jurnalist o‘limi haqida ma’lum bo‘ldi: Kiyevda The Insider xodimi Oksana Baulina halok bo‘ldi.

Nikolayevdagi Ingulskoye rayoni rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilganidan keyin ishga kirishgan o‘t o‘chiruvchilar
Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiylarning bir necha yo‘nalishlardagi harakatlari to‘xtab qolgan. G‘arb tahlilchilari Kiyev yaqinida turgan Rossiya armiyasi ruhiyati pastligi va ta’minotda katta muammolar kuzatilayotgani haqida aytishmoqda.
  • Kiyev atrofidagi rus harbiylari qurshovga tushib qolishi ehtimoli mavjud. Amerika razvedka xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina armiyasi rossiyalik harbiylarni Kiyevdan 55 km masofaga chekintirishga muvaffaq bo‘lgan.
  • Ukraina Kiyev yaqinidagi Makarov shahri qaytarib olinganini ma’lum qildi.
  • Mariupol qamali davom etmoqda, shahar uchun janglar to‘xtagani yo‘q. Ukraina hukumati chorshanba kuni bu shahardan 3 mingdan ortiq kishi o‘z transport vositalarida Zaporojyega o‘tganini ma’lum qildi. 
  • Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatida rossiyalik jurnalict Oksana Baulina halok bo‘ldi. U Kiyevdagi Podolskiy rayonida rossiyalik harbiylar zarbalari oqibatlarini tasvirga olish chog‘ida yangi raketa zarbalariga uchragan. Rossiya harbiylari Ukraina shaharlari, jumladan Kiyev, Chernigov va Xarkovni o‘qqa tutishni to‘xtatmayapti.
  • AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken AQSh ko‘rsatmalarni o‘rgangan holda rossiyalik harbiylar chindan ham Ukraina hududida harbiy jinoyatlar sodir etgani haqida xulosaga kelgan.
  • Britaniya Ukrainaga yana 6000 raketa taqdim etdi. Shvetsiya - 5000 ta tankka qarshi komplekslar yetkazib berdi, Germaniya yana 2000 ta tankka qarshi granatomyotlar jo‘natishga qaror qilgan.
  • BMT Xavfsizlik kengashida Rossiyaning Ukraina bo‘yicha rezolyutsiyasiga faqat uning o‘zi va Xitoy ovoz berdi. Rezolyutsiya loyihasida o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy harakatlar hududidan tinch aholini evakuatsiya qilishga oid chaqiriqlar o‘rin olgan, ammo Xavfsizlik kengashining qolgan 13 a’zosi uning matnida Rossiya yuzaga kelgan gumanitar inqiroz aybdori ekani ko‘rsatilmagani uchun uni qo‘llab-quvvatlamagan.
  • Urushning to‘rt haftasida Xarkovda qariyb mingta turar joy binolari vayron bo‘lgan.
  • Fransuzlarning Renault avtomobil kompaniyasi Moskvadagi zavodi faoliyatini zudlik bilan to‘xtatishga qaror qildi.

Quyida urushning navbatdagi kunida olingan asosiy suratlar.

Rossiyaliklar «Grad» orqali Kiyevdagi Shevchenkovskiy rayonini o‘qqa tutishi oqibatlarini bartaraf etayotgan o‘t o‘chiruvchi. Kiyev shahar ma’muriyati 24 martga o‘tar kechasi va tongda shahar yana o‘qqa tutilgani haqida ma’lumot berdi
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevning Shevchenkovskiy rayoniga qilingan ertalabki hujumlardan keyin bir necha uy va ko‘p qavatli turar joy binosi yonib ketdi, to‘rt kishi yaralandi
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Kiyevliklar rossiyalik harbiylar zarbalaridan keyin ko‘chalarni tozalamoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbalaridan keyin Kiyevdagi ofis binosining ko‘rinishi
Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Kiyevdagi Lukyanovka bozorida yerga sochilib yotgan shisha parchalari
Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Kiyev atrofidagi nazorat o‘tkazish punktida turgan qilich tutgan jangchi haykali
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev atrofida joylashtirilgan Ukraina artilleriyasi
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya harbiy texnikasi Donetsk oblastidagi Volnovaxa va Dokuchayevskiy o‘rtasidagi yo‘lda. RF mudofaa vazirligining ertalabki brifingida ma’lum qilinishicha, DXR kuchlari Verxnetoretskoye posyolkasi va Novobaxmutovka qishlog‘ini nazoratlariga olishgan
Nikolay Trishin / Scanpix / LETA
Mariupolliklar rus harbiylari nazorati ostida gumanitar yordam olmoqda
Mixail Tereshchenko / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining rossiyaliklar armiyasi nazoratidagi Marinka shahrida turgan harbiy
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Odessaliklar qurol bilan muomala qilishni o‘rganmoqda. «Meduza» savollariga javob bergan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov rossiyalik harbiylar «tinch aholi vakillari qo‘liga qurol olib, uni rus harbiylariga o‘qtalmaguncha, ular o‘qqa tutilmasligi» haqida gapirgan.
Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA
Boris Romanchenkoning qo‘shnisi uning kvartirasida. 96 yoshli Romanchenko Ikkinchi jahon urushi yillarida Buxenvalddagi lagerda bo‘lgan. U 22 mart kuni Xarkovdagi o‘z uyida halok bo‘ldi. Foto: Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupolda turar joy binolari yaqinida paydo bo‘lgan qabrlar
Mixail Tereshchenko / Scanpix / LETA
Maxar Technologies tomonidan taqdim etilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari. Bugun Mariupol shunday ko‘rinishda
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top