08:27 / 24.03.2022
20344
O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p import qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Shutterstock

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda. Xitoydan 1 mlrd dollarlik, Rossiyadan esa 905,2 mln dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 478,5 mln;
  • Koreya – 395,7 mln;
  • Turkiya – 282,8 mln;
  • Germaniya – 162,3 mln;
  • Hindiston – 92,4 mln;
  • Turkmaniston – 90 mln;
  • Ukraina – 77,9 mln; 
  • Braziliya – 65,2 mln AQSh dollari.

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat ham ma’lum qilindi. Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar: 

  • Rossiya – 346,8 mln;
  • Xitoy – 310,5 mln;
  • Turkiya – 238,4 mln;
  • Qozog‘iston – 141,7 mln;
  • Qirg‘iziston – 115 mln;
  • Afg‘oniston – 94,6 mln;
  • Tojikiston – 65,3 mln;
  • Ukraina – 36,1 mln; 
  • Eron – 23,7 mln;
  • Turkmaniston – 18,8 mln AQSh dollari.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top