18:32 / 24.03.2022
14893
Ukraina tashqi ishlar vaziri YeI mamlakatlarini Rossiya gaziga rublda pul to‘lamaslikka chaqirdi

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini aytgandi.

Foto: Andrey Rudakov | Bloomberg | Getty Images

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa davlatlarini Moskvaning Rossiya nefti va gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish to‘g‘risidagi talabini bajarmaslikka chaqirdi.

«Agar YeIning biror mamlakati Putinning neft va gaz uchun rublda pul to‘lash to‘g‘risidagi kamsituvchi talabini bajarsa, bu bir qo‘li bilan Ukrainaga, ikkinchi qo‘li bilan ruslarga ukrainlarni o‘ldirishda yordam berish bilan barobar», - deb yozdi Kuleba Twitter sahifasida.

U shuningdek, Yevropa mamlakatlarini «oqilona va mas’uliyatli tanlov» qilishga chaqirdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini ma’lum qilgandi

Uning bu bayonotidan so‘ng Yevropada gaz narxi keskin ko‘tarildi.

Top