16:24 / 25.03.2022
38575
Berdyanskda portlatilgan kema va Xarkovga davom etayotgan hujumlar. Urush suratlari

Urush boshlanganidan buyon bir oy o‘tdi. Xarkov - zarbalar ostida: shahar bosqinning birinchi kunidan buyon mudofaani ushlab turibdi. Ukraina harbiylari rossiyaliklarning Berdyanskdagi portga harbiy texnikalar olib kelgan «Saratov» nomli yirik harbiy desant kemasi portlatilganini ma’lum qildi. Kiyev ko‘chalarida esa - barrikadalar; shahar meri Vladimir Klichkoning ma’lum qilishicha, bu yerda urush boshidan buyon tinch aholi vakillaridan 75 kishi halok bo‘lgan.

Foto: Kirillovka.ks.ua / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari payshanba kuni tongida rossiyaliklar tomonidan egallab olingan Berdyansk portida Rossiya harbiy-dengiz flotining «Orsk» yirik desant kemasi portlatilgani, yana ikki kema shikastlangani haqida xabar tarqatdi.

Juma kuni esa Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi portda aslida «Orsk» emas, boshqa yirik desant kemasi «Saratov» zarbaga uchragani haqida ma’lum qildi. Ochiq manbalarga ko‘ra, bu korabl ham 1171 loyihasiga mansub.

Ukraina harbiylari payshanba kuni e’lon qilgan videolarida kema ular tomonidan berilgan zarbalar oqibatida portlaganini ma’lum qilishgandi.

Kemalardan birida portlash ro‘y bergach, ikki kema portni tark etishga kirishgan. Foto: UKRAINIAN NAVY

Mart oyi boshidan buyon qamalda qolayotgan Mariupoldan g‘arbroqda joylashgan Berdyansk fevral oyi oxirida, Ukrainaga bosqinning to‘rtinchi kunida egallangandi. Rossiya portdan o‘z harbiylariga texnikalar yetkazib berishda foydalanmoqda.

Rossiya mudofaa vazirligi telekanali bo‘lmish «Zvezda» efirida 21 mart kuni Qora dengiz floti tarkibidagi «Orsk» desant kemasi Berdyansk portiga kirgani haqida xabar qilingandi.

Berdyansk muhim strategik ahamiyatga ega - u Rossiya tomonidan 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim va qamaldagi Mariupol o‘rtasida joylashgan. Mariupolni tark etganlarning ayrimlariv Berdyanskka kelishgan.

Berdyanskning olinishi va Melitopolning qamal qilinishi Qrimdan Rossiya chegarasigacha (Rostov oblasti) quruqlikdagi ko‘prik o‘rnatilishiga olib kelishi mumkin.

Berdyansk portida yonayotgan «Saratov» kemasining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri

Ukrainadagi urush. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar:

  • Payshanba kuni kechqurun Bryusselda qizg‘in diplomatik faollik kuzatildi, NATO, Yevroittifoq va «Katta yettilik» davlatlari yetakchilari o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazdi.
  • AQSh prezidenti Jo Bayden Shimoliy Atlantika alyansi hech qachon hozirgi kabi birdam bo‘lmaganini qayd etdi. U bu birdamlikni kiritilgan sanksiyalar Kremlda qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatishi uchun yetarlicha uzoq saqlab qolishga chaqirdi.
  • Bayden ham, britanlar bosh vaziri Jonson ham, Fransiya prezidenti Makron ham agar Moskva Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llasa, qanday javob qaytarilishi borasidagi savolga javob qaytarmadi.
  • NATO Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va Ruminiyaga jami 40 ming kishidan iborat to‘rtta batalon guruhlari yuborilishini tasdiqladi.
  • Germaniya kansleri Shols va Yevrokomissiya rahbari fon der Lyayyen rossiyaliklar yetkazib beradigan gaz uchun rublda to‘lov qilinmasligi, Rossiya energetik shantaj qiladigan davrlar ortda qolganini aytishdi.
  • BMT Bosh assambleyasi bir oy ichida ikkinchi bor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralovchi va qo‘shinlarni zudlik bilan olib ketishni talab qiluvchi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Uni - 140 mamlakat qo‘lladi, besh davlat qarshi chiqdi: Rossiya va ittifoqchilari - Shimoliy Koreya, Eritreya, Belarus va Suriya. 38 mamlakat, jumladan Xitoy betaraf qoldi.

Quyida urushning navbatdagi kunida olingan asosiy suratlar.

Binokl tutgan ukrainalik harbiy xizmatchi front chizig‘ida, Kiyev oblasti
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkovliklar urush davrida bombapanagohga aylangan metroda yashamoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari Kiyevdagi nazorat-o‘tkazish punktida turibdi
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Kiyevda o‘rnatilgan barrikadalar. Foto: Nuno Veiga / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari raketa qoldiqlarini ko‘tarib ketmoqda. Orqa fondagi bino vayron bo‘lgan. Kiyev
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar rossiyaliklarning Xarkovda zarbaga uchragan zirhli texnikasini ko‘zdan kechirmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus amaliyoti» ramziga aylangan «Z» harfi bitilgan zirhli texnikada ketayotgan harbiylar, Mariupol
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning «Azov» bataloni jangchilari avtobuslardan qilgan barrikada, Mariupol
Maximilian Clarke / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Erkak vayron bo‘lgan uydan narsalarini chiqarayotgan erkak, Jitomir
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Yaralangan ukrain harbiysining shifoxonaga yotqizilishi, Kiyev
Anastasia Vlasova / Getty Images
Rossiya armiyasi tomonidan vayron qilingan uy o‘rnidagi erkak, Xarkov
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Uyga xarid qilib qaytayotgan erkak, Kiyev
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Yonayotgan uylar Xarkov osmonini yoritmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top