11:40 / 25.03.2022
22745
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, kunduz kuni havo 16-19 daraja iliqqacha, janubda ba’zi joylarda 22-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kun ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Ertaga O‘zbekistonga yana nam va salqin havo kirib keladi. Respublika shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kun ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kunduz kuni harorat 12-15 daraja iliqqacha pasayadi.

25 va 26 martda respublikaning ayrim joylarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Dam olish kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, qor ko‘chishi xavfi bor.

Mavzuga oid
Top