18:05 / 25.03.2022
931
Samarqandda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Nexia-2 mashinasi yonib ketdi

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Faqat Nexia-2 mashinasi yonib ketib, yaroqsiz holga kelgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 25 mart kuni soat 14:42 da Samarqand-Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining Past Darg‘om tumani “Paxtakor” MFY hududidan o‘tgan qismida ikkita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ulardan biri yonib ketgan.

Fuqaro A.X.boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 mashinasi shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan fuqaro Y.F. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-2 mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng hodisa haqida Past Darg‘om tuman FVBga xabar berilgan. Voqea joyiga tuman FVB bo‘linmasi soat 14:57 da yetib borib, yong‘in soat 15:20 da o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Faqat Nexia-2 mashinasi yonib ketib, yaroqsiz holga kelgan. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatida Damas va Jiguli mashinasi yonib ketgandi.

Mavzuga oid
Top