14:00 / 26.03.2022
14272

Jizzax shahri va yana bir nechta tuman IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ

Ichki ishlar vazirining 2022 yil 24 martdagi shaxsiy tarkibga oid buyrug‘iga muvofiq podpolkovnik O‘ktam Asqarov rotatsiya tartibida Sharof Rashidov tumani IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jizzax shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ayni shu tartibda Jizzax shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Akmal Murodov Sharof Rashidov tumani IIB lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Isroiljon Nurmatov Do‘stlik tumani IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Bekzod Naimov Do‘stlik tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq Jizzax viloyati prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgandi.

Mavzuga oid
Top