20:31 / 26.03.2022
8366
Turkiya Qora dengizda baliq ovlashga qisman cheklov kiritdi

Avvalroq Bosfor bo‘g‘ozida mina topilgan va Turkiya suvosti mudofaa guruhi tomonidan zararsizlantirilgandi.

Foto: Anadolu Agency

26 martdan boshlab Qora dengizning Bolgariya va Kefken o‘rtasidagi suvlarida tungi vaqtda baliqchilikning barcha turlari bilan shug‘ullanish to‘xtatiladi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi.

Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining bildirishicha, aholi hayoti va mulki xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur qaror qabul qilingan.

Avvalroq Bosfor bo‘g‘ozida minaga o‘xshash jism topilgani xabar qilingandi. 

Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akarning so‘zlariga ko‘ra, u eski namunadagi mina bo‘lgan.

Mamlakat suvosti mudofaa guruhi minani zararsizlantirgan.

Top