17:02 / 28.03.2022
9231
Afg‘onistonda ayrim xorijiy telekanallarni efirga uzatish taqiqlandi

BBC, "Amerika ovozi", Germaniyaning Deutsche Welle va Xitoyning CGTN telekanallari efirdan olib tashlangan.

Foto: Le Pictorium / MAXPPP

Afg‘onistonda ayrim xorijiy telekanallar efiri taqiqlandi, deb xabar berdi DW.

Xabarda aytilishicha, toliblar mahalliy kanallarga ayrim xorijiy telekanallarni translatsiya qilmaslikni buyurgan.

Buyruqqa ko‘ra, BBC, "Amerika ovozi", Deutsche Welle va Xitoyning CGTN telekanallari efirdan olib tashlangan.

Qayd etilishicha, fors tilidagi BBC efiri to‘xtatilmagan, faqat uni sun’iy yo‘ldosh televideniyesiga ega 20 foiz aholi ko‘rishi mumkin. Radio va onlayn-servislar taqiqlanmagan.

Top