13:34 / 28.03.2022
38531

Aprelda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti?

 Uzoq muddatli prognozlarga ko‘ra, aprel oyining birinchi 10 kunligi quruq va yog‘ingarchiliklarsiz, ikkinchi va uchinchi dekadasi ayrim kunlarida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet”ning 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aprel oyida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi.

“O‘zgidromet” bosh direktori Sherzod Habibullayevga ko‘ra, aprel oyining ikkinchi va uchinchi 10 kunligida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ammo yomg‘irlar miqdori ko‘p bo‘lmaydi. Aprelning birinchi 10 kunligi esa yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilyapti.

Bosh direktor mart oyida shu oyga nisbatan 20 yil ichida kuzatilmagan yomg‘irlar yog‘ganiga ham to‘xtaldi.

“Hozirgi kunda yil boshiga nisbatan 1-chorakning dastlabki rejasiga qaraydigan bo‘lsak, bu yomg‘irlar biz oldin o‘rganmagan, ketma-ketligi jihatidan 100 yilda bir marta bo‘ladigan yoki mart oyiga solishtiradigan bo‘lsak, 20 yil oldingi rekorddan ham o‘tdi”, – dedi Sherzod Habibullayev.

Top