17:49 / 28.03.2022
22199

Kreml neftni Yevropa o‘rniga sharqqa sotishi mumkinligini bildirdi

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, jahon bozori Yevropa bozoriga qaraganda ko‘p qirrali. 

Foto: Shutterstock

Agar Yevropa mamlakatlari Rossiya neftidan voz kechadigan bo‘lsa, uni sharqqa yetkazib berishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytdi.

Janubiy-Sharqiy Osiyo bozori bor. Bekor qilingan buyurtmalar o‘rni sharqdan keladigan buyurtmalar evaziga qoplanadi», — dedi Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, jahon bozori Yevropa bozoriga qaraganda ko‘p qirrali. 

U shuningdek, Yevropa gaz uchun rublda to‘lov qilishni rad etsa Rossiya qanday yo‘l tutishi to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytardi.

«Tekinga gaz bermasligimiz aniq», — dedi Peskov.

Mart boshlarida AQSh Rossiya energiya resurslari importini taqiqlagandi. Yevrokomissiya 2022 yil oxirigacha Rossiya gazi iste’molini qisqartirishni rejalashtirgan. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 mart kuni Rossiya gazining «do‘stona bo‘lmagan davlatlar»ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini ma’lum qilgan.

Top