10:37 / 29.03.2022
11033
Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarligiga tasdiqlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshladi.

Tayinlovga qadar A. Isroilov Toshkent shahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi bosh direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning hozirgi vaqtda 10 nafar o‘rinbosari bor.

Hotam Shokirov Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan bo‘lsa, Baxtiyor Rahmonov hokimning arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosaridir.

Bundan tashqari, Shohrux Rahimjonov hokimning uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b., Abdulaziz Isroilov hokim o‘rinbosari - Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Sharof Rahmonov hokim o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, Durdona Rahimova hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Alimardon Qarshiyev hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari, Nodira Umarova hokim o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Sardor Abdullayev hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - Raqamli rivojlanish departamenti rahbari va Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va Faxriddin Dovruqov hokimning ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlamoqda.

Mavzuga oid
Top