07:54 / 29.03.2022
7071
Bankdan 2 mln dollar kredit ajratib berish evaziga 80 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Xorazm viloyatida yer maydoni va kredit ajratishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar R.B. va Z.A. boshqa bir fuqaro O.ning ishonchiga kirib, Z.A. rahbarligidagi “Z.-J.” MChJga ajratilgan 1,5 gektar yer maydonini uning nomiga o‘tkazib berish hamda bank muassasasidagi tanishlari orqali issiqxona qurish uchun 2 mln AQSh dollari miqdorida kredit olishda amaliy yordam berishni va’da qilib, evaziga 90 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 80 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Samarqandda 10 gektar yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan MChJ rahbari ushlangandi.

Top