19:14 / 29.03.2022
11215

Chovusho‘g‘li Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida sezilarli siljish bo‘lganini aytdi

Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvini ham istisno qilmadi.

Foto: Anadolu Agency

Anqara muzokaralar jarayonida Rossiya va Ukraina pozitsiyalari yanada yaqinlashayotganini olqishlaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbuldagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha brifingda ma’lum qildi

Chovusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi muzokaralarda qator masalalar bo‘yicha kelishuvlar va pozitsiyalarning yaqinlashuvi qayd etildi.

«Rossiya va Ukraina eng sezilarli siljishga erishdi», - dedi Turkiya vaziri.

Chovusho‘g‘li ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvini ham istisno qilmadi.

«Kiyev va Moskva muzokaralaridagi yanada murakkab mavzular Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvi belgilanadi», - dedi u.

29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Xabar qilinishicha, muzokaralar uch soat davom etgan. 

Top