13:51 / 29.03.2022
9439
Jigarining jigari xasta singil: “Akam tuzalib ketsin, bolalari hali juda yosh”

Ergashjon Hotamqulov gepatit B va D, jigar sirrozi xastaliklariga chalingan. Bir yildan beri davolanib kelsa-da, ahvoli og‘irlashgani sababli jigar transplantatsiyasi zarurligi aytilgan. Moddiy holati haminqadar oilada bunday imkoniyat yo‘q.

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida istiqomat qiluvchi Ergashjon Hotamqulov bundan bir yil avval salomatligida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar sabab shifokorlarga murojaat qiladi. Unda bir vaqtning o‘zida bir nechta xastalik: gepatit B va D, jigar sirrozi aniqlanishi oila boshiga tushgan katta kulfat bo‘ldi. Shifokorlar bemor sog‘ayishi uchun jigar transplantatsiyasi kerakligini aytishgan. Lekin bu amaliyot xorijda qilinishi, bunga yirik miqdorda mablag‘ kerakligi oila uchun yechimsiz muammo hisoblanadi.

Singlisi Sayyora Hotamqulovaning so‘zlariga ko‘ra, borgan sari bemorning ahvoli og‘irlashmoqda.

“Akajonimning qo‘l-oyoqlari, qorinlarida shish ko‘payyapti, qon ketishlar bo‘lyapti. Shifokorlar zudlik bilan jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazish kerakligini aytishdi.

Bolalari hali juda yosh. Sog‘ayib oilasiga bosh bo‘lishini so‘rayapmiz. Yurtdoshlarimiz ko‘magiga muhtojmiz”, — deydi jigarining dardida kuyunib u.

Bir yildan buyon olib borilayotgan davo muolajalari oilani bor-yo‘g‘idan ayirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ergashjon Hotamqulov uch farzandning yagona boquvchisi. Ular istiqomat qiladigan hovlida bu oiladan tashqari yana ikki aka-uka ham oilasi bilan yashaydi.

Bir hovlida yashayotgan uch oila – 14 jon bemorning dardiga darmon bo‘lish niyatida harakat qilmoqda. Ularga hamdard bo‘lib, uch farzandning otasiz qolmasligi uchun savob amallar istagida bo‘lganlarga bemorga tegishli kartalarni havola qilamiz.

Ergashjon Hotamqulovga tegishli kartalar:

UzCard: 8600 5704 4221 1404

Humo: 9860 0301 4252 1126

Viza: 4108 5901 6719 7378

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top