13:26 / 29.03.2022
18813
Mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogiga start berildi

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX Raisi kubogi musobaqalariga start berildi.

So‘nggi yillarda an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa o‘tgan yilda 60 mingdan ziyod yoshlarni o‘z atrofida birlashtirishga erishgandi. Turnirda ishtirokchilar 3 bosqichda bosh sovrin uchun kurash olib boradilar.

I-bosqich – tuman saralash musobaqalari 2022 yilning aprel-may oylarida,
II-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida,
III-bosqich – respublika bo‘yicha final musobaqalari avgust oyida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi musobaqada Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, "Samarqand" MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Top