08:13 / 29.03.2022
9732
O‘zbekistonda Ramazon hilolini kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyini kutib olish va Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Foto: iStock

«Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon oyi kirishini astronomik tahlillar asosida kuzatib boradi va uning natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashiga kiritadi. Ramazon oyi boshlanishi haqidagi xabar Ulamolar kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi», — deyiladi idora matbuot xizmati bayonotida.

Avvalroq, Qozog‘iston musulmonlari idorasi tomonidan 2022 yildagi Ramazon oyi 2 apreldan boshlanib, 2 mayga qadar davom etishi e’lon qilingan edi. Qozog‘iston tarafi bu qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston musulmonlari idorasi bilan kelishuv asosida qabul qilinganini bildirgan.

Mavzuga oid
Top