07:57 / 29.03.2022
5494
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

“Azimut” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi, deb xabar bermoqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

Foto: rusaviainsider

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan  Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasiga 2022 yil 28 martda 14-K sonli ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya O‘zbekistonga Rostov-Don - Samarqand - Rostov-Don, Rostov-Don - Urganch - Rostov-Don, Krasnodar - Urganch - Krasnodar va Mineralniye Vodi - Urganch - Mineralniye Vodi yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Aviakompaniya reyslarni Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiradi.

Top