16:49 / 29.03.2022
14633

Saudiya Arabistoni va BAA siyosatni neftga aralashtirmaslikka chaqirdi

Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Salmonning so‘zlariga ko‘ra, OPeK siyosatdan xoli tashkilot hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) va OPeK+ kelishuvida asosiy o‘ringa ega Saudiya Arabistoni xalqaro siyosat va Ukrainadagi vaziyatni neft qazib olish sohasiga aralashtirmaslikka chaqirdi, deb yozadi CNBC.

Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Salmonning so‘zlariga ko‘ra, OPeK neftning jahon bozoridagi narxini barqarorlashtirish maqsadini dunyodagi boshqa geosiyosiy voqealardan ajrata olish mahorati tufayli mavjud. Hattoki bu voqealar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng muhokama qilinsa va qoralansa ham tashkilot siyosiy jarayonga aralashmaydi.

“Bu madaniyat tashkilotga singib ketgan, shu sababli OPeK majlislar zaliga yoki OPeK binosiga kirganimizda hamma o‘z siyosatini eshik tashqarisida qoldiradi”, dedi u. 

Salmonning so‘zlariga ko‘ra, OPeK va OPeK+ nizolar ichida qolgan mamlakatlar, masalan, Iroq va Eron bilan ham hamkorlik qilgan. 

Uning fikrini BAA energetika vaziri Suhayl al Mazruiy ham qo‘llab-quvvatladi.

Mazruiyning ta’kidlashicha, tashkilotning asosiy vazifasi jahon bozoridagi narxlarni barqarorlashtirishdir.

Mavzuga oid
Top