09:37 / 29.03.2022
8039
Shovot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyati, Shovot tumani hokimi lavozimiga Artiqov Odilbek Sadullayevich tasdiqlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. 

Shovot tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Hakimboy Otaxonov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Artiqov Odilbek Sadullayevich Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sessiya ishida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov qatnashdi va so‘zga chiqdi. 

Top