20:44 / 29.03.2022
10210
Yevroittifoqning to‘rt mamlakati 40dan ortiq rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishini e’lon qildi 

Mart o‘rtalarida Bolgariya, Latviya, Litva va Estoniya rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgandi.  

Foto: Reuters

Niderlandiya hukumati 17 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi, deb ma’lum qildi Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Vopke Hukstra.  

«Niderlandiya Rossiyaning Niderlandiyadagi vakolatxonalarida diplomat niqobi ostida ishlagan 17 nafar Rossiya razvedkachisini chiqarib yuboradi», — deb yozdi u Twitter sahifasida.   

Shu bilan bir vaqtda Belgiya tashqi ishlar vazirligi vakili Reuters agentligiga mamlakatdan 21 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini ma’lum qildi.  

Bundan tashqari, Irlandiya tashqi ishlar vazirligi to‘rt nafar rus diplomati mamlakatni tark etishi kerakligini bildirgan. Chexiya ham bir nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilgan.

18 mart kuni Bolgariya, Latviya, Litva va Estoniya rossiyalik diplomatlarni persona non grata deb topgandi.

Top